Amaliy ish № 4
Mavzu: Lokal tarmoqqa kirish. Uning xizmatlari.

Ishning maqsadi: Lokal tarmoqqa kirish. Uning xizmatlarini o`rgatish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Kutilayotgan natija: Lokal tarmoqqa kirish. Uning xizmatlari  haqida  nazariy va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi. 
Nazariy ma’lumotlar:
Kompyuterlarni o’zoro birlashtirish (axborot almashtirish uchun bog’lash) foydalanuvchilarga bir qancha qulayliklar yaratadi. Kompьyuterlarda axborot almashishni tashkil etish tarmoq deb ataladi. Tarmoqlar uch turi mavjud bo’lib, ular lokal, regional va global tarmoqlarga bo’linadi. 
1. Lokal (mahalliy) tarmoq- (LAN-Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo’lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompьyuterlarning birlashuviga mos keladi. Mahalliy hisoblash tarmog’i (MHT)  uchun mavjud standartlar  (tegishlicha Ethernet  va    ARCNET) 2,5 km dan 6 km gacha  bo’lgan masofadagi kompьyuterlar orasidagi aloqani ta’minlaydi.
2. Regional (mintaqaviy) tarmoq (MAN – Metropoliton Area Network) - shahar yoki tumanlararo axborot almashish. 100 – 150  bo’lgan masofadagi kompьyuterlar orasidagi aloqani ta’minlaydi.
3. Global (ommaviy) (WAN – Wide Area Network) – davlatlarni, qit’a butun dunyo abanentlarini bog’lovchi tarmoq.
 Xar bir tarmoq tashkil etish bir necha turlari mavjud. Axborot almashtirish turli usullarda amalga oshirish mumkin. Masalan kabelь yordamida, kichik diapazondagi mikroto’lqinlar yodamida va tolali optik kabellar yordamida. Kabelь yordamida axborot uzatish va qabul qilish turlari bilan tanishib chiqamiz.
Mijoz – server  tizimlarida ma’lumotlarga ishlov berish ikki ob’ekt: server va mijoz o’rtasida taqsimlangan. Mijoz - bu vazifa, ish stansiyasi, foydalanuvchi. U server uchun so’rov tuzishi, faylni o’qishi, yozuvlarni izlashi va hokazolarni bajarishi mumkin. Server - so’rovga ishlov beradigan qurilma yoki kompьyuter. U ma’lumotlarning saqlanishi, bu ma’lumotlardan erkin foydalanishni tashkil etish va ma’lumotlarni mijozga uzatish uchun javob beradi. Mijoz/ server tizimlarida ma’lumotlarga ishlov berish mijoz va server o’rtasida taqsimlangan, shuning uchun ham mijoz va server sifatida foydalaniladigan kompьyuterlarning ish unumiga talab ierarxik tizimlardagiga nisbatan ancha past. O’zaro aloqani tashkil etish bo’yicha mijoz/server usulidan foydalanuvchi tizimlarning ikki turini ajratib ko’rsatish qabul qilingan:

Teng xukuqli tarmoq - bu ish stansiyalarining o’zaro aloqasini boshqarishning yagona markazy bo’lmagan, ma’lumotlarni saqlashning yagona qurilmasi bo’lmagan tarmoq (3.4 - rasm). Bunday tarmoqning operasion tizimi barcha ish stansiyalari bo’yicha taqsimlanga n, shuning uchun har bir ish stansiyasi bir vaqtning o’zida ham server, ham mijoz sifatida funksiyalarni bajarishi mumkin. Foydalanuvchi bunday tarmoqda boshqa ish stansiyalariga ulangan barcha qurilmalar (printerlar, qattiq disklar va hokazolar) dan erkin foydalana oladi.



 Serveri ajratilgan tarmoq - bu erda kompьyuterlardan biri tarmoq serveri - umumiy foydalaniladigan ma’lumotlarnn saqlash, ish stansiyalari o’rtasidagi o’zaro alokani tashkil etish, servis xizmatlarini amalga oshirish funksiyasini bajaradi (3.5 - rasm). Bunday kompьyuterda operasion tishm bajariladi va barcha ajratiladigan qurilmalar (qattiq disklar, printerlar, modemlar va h.k.) unga   ulanadi.    ma’lumotlarni    saklash,    topshiriqlarni bosmadan chikarish, topshiriqlarga masofadan turib ishlov berish ishlarini bajaradi. Ish stansiyalari server orqali o’zaro aloqa qiladi, shuning uchun bunday tarmoqni mantiqiy tashkil etishni «yulduz» topologiyasi tarzida tasavvur etish mumkin, bunda markaziy qurilma server hisoblanadi.

Mijoz server tizimlarida  ma’lumotlarga ishlov berish ikki oo’bekt:
Server va mijoz o’rtasida taqsimlangan. Mijoz-bu vazifa, ish stansiyasi, foydalanuvchi. U server uchun so’rov tuzishi, faylni o’qishi,  yozuvlarni izlashi va hakazolarni izlashi mumkin.
Tarmoq qurilmalarining o’zaro aloqasida ma’lumotlarni uzatish usullari alohida axamiyatga ega. Bo’g’inlar o’rtasida ma’lumotlar bilan almashinishda malumotlarni uzatishning uch usulidan foydalaniladi:

Mz’lumotlarni uzatish uchun axborot tizimlarida ketma-ket uzatish  eng ko’p  qo’llaniladi. Ketma-ket uzatishning asinxron va sinxron usullaridan keng foydalaniladi.
Asinxron uzatishda har bir simvol alohida uzatiladi. Start bitlari qabul qilgichni uzatish boshlanganligi to’g’risida ogoxlantiradi. So’ngra simvol uzatiladi. Uzatishning ishonchliligini aniqlash uchun juftlilik bitidan foydallniladi (agar simvoldagi birliklar soni toq bo’lsa juftlilik biti 1ga, aks holda 0 ga teng bo’ladi). So’nggi bit - «stop bit» uzatish tugaganligi to’g’risida signal beradi.
Afzalliklari: uncha murakkab bo’lmagan ishlangan tizim; uncha qimmat bo’lmagan (sinxronga nisbatan) interfeys uskunasi.
Kamchiliklari: o’tkazish qobiliyatining uchdan bir qismi xizmat biglarini uzatishga sarflanadi (start/stop va juftlik bitini); sinxronga nisbatan uzatish tezligining uncha yuqori emaspigi; xatolar ko’p bo’lgan hollarda juftlik biti yordamida olingan axborotning ishonchliligini aniqlab bo’lmaydi.
Asinxron uzatishdan ma’lumotlar bilan vaqti-vaqti bilan almashinadigan va ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi talab etilmaydigan tizimlarda foydalaniladi. Ba’zi tizimlar juftlik bitidan simvol biti sifatida foydalanadi, axborotni nazorat qilish esa ma’lumotlar bilan almashinish protokollari darajasida bajariladi (Xmodem,Zmodem,MNP).
Sinxron usuldan foydalanilganda ma’lumotlar bloklab uzatiladi. Qabul qilgich va uzatgichning ishini sinxronlashtirish uchun blok oldidan sinxronlashtirish bitlari uzatiladi. So’ngra ma’lumotlar, xatolarni aniqlash kodi va uzatishning tugaganligi simvoli uzatiladi. Sinxron uzatishda ma’lumotlar ham simvollar, ham bitlar okimi sifatida uzatilishi mumkin. Xatolarni aniklash kodi sifatida, odatda, xatolarni aniqlashshng siklik ortiqchalik kodi (SKS) dan foydalaniladi. U ma’lumotlar maydoni tarkibi bo’yicha hisoblab chiqiladi va qabul qilingan axborotning ishonchliligshi anislash imkonini beradi.
Tarmoqlarning o’zaro aloqasida kommutasiya vositalarini ko’rib chiqamiz.
MHT ni kabellarning istalgan tipi bilan yaratish mumkin. Eng arzon kabel telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat bo’lgan o’rama juft kabelidir (3.6 - rasm). U ekranlangan va ekranlanmagan bo’lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli bo’ladi. Lekin amaliyotda aksariyat hollarda ekranlanmagan kabeldan foydalaniladi, chunki bunday turdagi kabeldan telefon liniyalarini o’tkazishda foydalaniladi va ekranlangan kabeldan ancha arzon. Kichik muassasalar uchun juda qulay. Ushbu kabelning kamchiliklari signallarning so’nish koeffisienti yuqoriligi va elektrmagnit halaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun MHT da o’rama juftlikdai foydalanishda faol qurilmalar o’rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo’ladi.

Koaksial kabel. Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli tizimida foydalanilish mumkin: signalni modulyasiyalab va modulyasiyalamasdan uzatish. Birinchi holda raqamli signal SHK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo’ylab kabul qilish stansiyasiga uzatiladi. U tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish kanaliga ega.Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul qilish stansiyasigl yo’naltiriladi, u erda u yana raqamli signalga aylantiriladi. Signalni aylantirish operasiyasini modem (modulyator/demodulyator) bajaradi; har bir stansiya o’z modemiga E1 a bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli ko’p kanalli (o’nlab kanallar bo’yicha uzatishni ta’minlaydi, buning uchun faqat bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni videosignallarni, ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha etishi mumkin. Signallarni    modulyasiyalab    uzatish    modulyasiyalamasdan uzatishga nisbatan aicha kimmat turadi. SHuning uchun yirik korxonalar o’rtasida ma’lumotlarni uzatishda undan foydalanish ancha samarali bo’ladi.

Optik tolali kabel MHT da foydalaniladigan eng yangi texnologiya hisoblanadi. Bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u tarmoq tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bundazy tizim tashqi elektr halaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma’lumotlarni tez (2 Gbit/s gacha) va xatosiz uzatish mumkin bo’ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi. Bunday kabellarda kanallar soni juda ko’p bo’ladi. Ma’lumotlar faqat simpleks rejimida uzatiladi, shu sababli ma’lumotlar bilan almashinishni tashkil ztish uchun qurilmani ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali kabel hamma vaqt juft tolali bo’ladi). Kamchiliklari katorida qiymati yuqoriligi va ulash murakkabligini ko’rsatish mumkin.
Mikro to’lqin diaponidagi radio to’lqinlardan simsiz mahalliy tarmoq (SMT)larda uzatish vositasi sifatida yoki MHT o’rtasidagi aloqa uchun ko’priklar yoki shlyuzlar o’rtasida foydalaniladi. Birinchi holda stansiyalar o’rtasidagi eng yuqori masofa 200-300 metrni tashkil etadi, ikkinchi holda bu masofa bevosita ko’rinib turadigan bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatish tezligi - 2 Mbit/s gacha. SMT lar mahalliy tarmoqlarni rivojlantirishda istiqbolli yo’nalish qisoblanadi. Ularning afzalligi - oddiyligi va mobilligi. Kabel simlarini o’tkazish va montaj qilish bilan bog’lik muammolar yo’qoladi. Ish stansiyalarida interfeys platalarini o’rnatishning o’zi etarlidir va tarmoq ishlash uchun tayyor bo’ladi. SMT ning keng rivojlanishiga bu 11 day tarmoqlar uchun standartlarning yo’qligi to’sqinlik qilmoqda. Turli firmalar tomonidan bajarilgan mavjud SMT lar odatda, o’zaro to’la bir-biriga mos kelmaydi. Hozirgi vaqtda bu - IEEE 802.11 protokoliga xalqaro standartlar qabul qilingan.
Kommutasiya tarmog’i o’z ichiga tslefon, koaksial kabel, yo’ldoshli aloqa kanallaridan foydalanadigan fizik (magistral) aloqa kanallari bilan ulangan ko’plab serverlar va EHM larni oladi.           Axborotni uzatish usuliga ko’ra, hisoblash tarmoqlari kanallarni kommutasiyalash tarmoqlari, xabarlarni kommutasiyalash tarmoqlari, paketlarni kommutasiyalash tarmoqlari va integral tarmoqlarga bo’linadi. Bu usullarning har biri o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Kanallarni kommutasiyalash tarmoqlarining afzalligi uni amalga oshirishning soddaligida, kamchiligi esa kanallardan foydalanish koeffisientining pastligi, ma’lumotlarni uzatish qiymatining goqoriligi, boshqa foydalanuvchilarning uzoq vaqt kutib qolishi kabilardan iborat. Xabarlarni kommutasiyalashda ma’lumotlar (xabarlar)ni uzatish kanal bo’shaganidan so’ng, u oluvchining manziliga etib borguncha amalga oshiriladi. Har bir server xabarlarni qabul qilish, tekshirish, to’plash, yo’naltirish va uzatishni amalga oshiradi. Ushbu usulning kamchiligi axborot uzatish tezligining pastligi, foydalanuvchilar o’rtasida muloqot olib borish imkoni yo’qligidan iborat. Afzalliklariga axborot uzatish qiymatining pastligi va uzatishni tezlashtirish kabilarni kiritish mumkin.

Laborotoriya ishini  nazariy qismini o’qib o’rganib chiqiladi. Kompyuterda tarmoqni tashkil etish uchun kabellardan quyidagi tartibda foydalanadi: kabellar ichidagi simlar quyidagi tartibda turlicha bo’ladi. Ushbu simlarning  4 tasini kompyuterga ulashga to’ri keladi. 2 ta kompyuter o’rtasida o’rnatishda kabellar ichidagi simlarning tartibi quyidagicha bo’ladi.

Kabellarni ulashda simlarning 4 tasidan foydalanamiz.Bunda bizga 2 ta shipilka kerak bo’ladi.SHipilkalar kerakli simlarga ulanadi. Kabellarni 2-shipilkaga ulaganda parallel ravishda teskari ulanadi.

 

17

    
Topshiriqlar:

 

                 Nazorat savollari:

  Adabiyotlar ro’yxati:
1. Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). Pearson. USA, 2014. 672-pages.
2. James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-pages
3. M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma- T.: “Noshir”, 2009 y.
4. Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: Oʻqituvchi, 2011y.
5. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.
6. Эндрю ТаненбаумДэвид Уэзеролл. Компьютерные сети. Издательство ПИТЕР 2012г. 960стр.
7. Р.Хамдамов ва бошқалар. Таълимда ахборот технологиялари. Услубий қўлланма. Тошкент. “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” 2010 й.
8. Виктор ОлиферНаталия Олифер. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. Учебник. Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр.
9. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013 y.
10. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova.           Informatika va axborot texnologiyalari.          O`quv qo`llanma.       Toshkent, “O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.
11. Велихов А.В и др. Компьтерные сети. Учеб.пос., Москва, ЗАО «Новый издательский дом», 2005 г.